Professor-o‘qituvchilar tarkibi 30 nafardan ortiq bo‘lib, ularning 50% dan ko‘prog‘i ilmiy darajaga ega (PhD, dotsent va professorlar).
Har semestr oxirida talabalar o‘z fanlarini baholashda anonim fikr bildiradilar — bu sifat nazoratini ta’minlashda yordam beradi.
Fakultet Yevropa va Osiyodagi 10 dan ortiq universitetlar bilan memorandumlar imzolagan (jumladan, Turkiya, Tojikiston, Qozog‘iston).
Erasmus+ dasturi orqali talabalar almashinuvi rejalashtirilmoqda.
Har yili xorijiy pedagoglar ishtirokida seminar-treninglar o‘tkaziladi.
Talabalar o‘rtasida “Yosh pedagog” klubi faoliyat yuritadi va ilmiy maqolalar tanlovi muntazam tashkil qilinadi.
O‘qituvchilar o‘z tadqiqotlari bilan ilmiy jurnallarda va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etmoqda.
Fakultet zamonaviy texnika bilan jihozlangan auditoriyalar, laboratoriyalar va psixologik amaliyot xonasiga ega.
Talabalar uchun kutubxona, elektron resurs markazi va Wi-Fi bilan ta’minlangan o‘quv zallari mavjud.
Fakultetda dekan, dekan o'rinbosarlari, uslubchi va dispetcher faoliyat olib boradi.
«Pedagogika» fakultetiga quyidagi 2 kafedra kiradi:
Ilmiy qiziqishlari sohasi:
Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligiMaʼlumoti va ilmiy izlanishi: Oʻzbekiston Respublikasi FVV huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti magistri.Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktoranti. Hozirda «Taʼlim tizimida kompyuterlar va videoterminallardan foydalanuvchilar mehnat sharoitini yaxshilashga oid innovatsion yechimlar ishlab chiqish» mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.
Ish tajribasi:
Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Janubiy kon boshqarmasi Marjonbuloq koni UJKX texnik nazoratchisi, Sorbsiya boʻlimi apparchik-gidrometallurg, Marjonbuloq oltin ajratish sexi Sanoat tajriba uchastka boʻlimida lobarant, Toshkent davlat texnika universitetida assistent, katta oʻqituvchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.